Kutubxona | Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (6-qism)...

Sevgi, oila, sog`lom va baxtli hayot sirlari, xalq tabobati, jinsiy aloqa, psixologiya, hikoyalar, xikoyalar , homiladorlik

Jinsiy aloqa usullari pozalari Jinsiy tarbiya onanizm kapaki urishdan halos bolish oilaviy hayot homiladorlik kalendari Ayolni jinsiy qondirish sirlari

Jinsiy aloqa usullari pozalari

Homiladorlik taqvimi kalendari
salomatlik va xalq tabobati
Xayirli tong, Mehmon!
Bugun: 29.05.2020
Soat: 09:00
Kirish Ro'yxatdan o'tish
Tavsiya etamiz:
Kutubxona | Sevgi hikoyalari

Sovuq qorda qolgan tuyg'ular (6-qism)

Qo'shdi:Admin (27.12.2019 / 13:48)
Reyting:rating 93 article (0)
O'qilgan:298
Fikrlar:0
So'ngi qism, boshi ushbu library/index.php?id=41 sahifada.

Fevral oyi ham oxirlab bormoqda. Bugun 27 ertaga yana 1kun qish va bahor keladi. Aslida qalbimga allaqachon bahor kelib bo'lgan, Sarvinoz bilan hayotimiz huddi ertaklarga o'xshab ketardi. Xar kungi uchrashuvlar, shirin suhbatlar, ehtirosli boqishlar... Kunduzgi ishlarimni tugatib, kechki payt har doimgidek yana uning yoniga oshiqaman.
- Qaleysan asalim, - telefon qildim unga sabrim yetmay
- Yaxshi, kelyapsizmi?
- Xa hozir yetib boraman
- Sizni judayam sog'indim
- Men ham, chiqaver kelib qoldim
- Men allaqochon chiqqanman, sizni kutib turibman

Shu payt mashina yorug'ida asfalt yo'lga chiqib kelyotgan Sarvinoz ko'rindi. Oppoq kapshonkali kurtkada, yuzlari qizarib ketibdi.
- Ancha bo'ldimi chiqqaningga, nega qizarib yuribsan?
- Biroz bo'ldi, yuragim sezgandi kelyotganizni

U yonimga joylashib o'tirib olganidan keyin, mashinani doimiy chekaroq joyga haydab bordim. Bu yerda bizni xech kim bezovta qilmaydi, bemalol gaplashib o'tirish mumkun.
- Halim aka, oilez haqida xech gapirmagansiz, o'zi nima bo'lgan?

Dabdurusdan berilgan savol yuragimdagi his hayajonu shirin tuyg'u bulutlarini bir zumda o'chirib yubordi. Hayolim yana uzoq o'timishimga ketdi.
- Bilasanmi, - dedim yurak yutib, - Men bu haqida umuman eslashniyam gapirishniyam hoxlamayman.
- Kechiring meni, sizni hafa qilishni hoxlamagandim
- Xech qisi yo'q, kel undan ko'ra kelajagimiz haqida gaplashamiz
- Mayli, rostdan ham 1-mart kuni uyimga sovchi bo'lib kelasizmi?
- Xa nima bo'libdi, Temurni ovolamanda kelaveraman
- Agar uydagilarim rozi bo'lishmasachi?
- Unda olib qochib ketaman seni

U meni yelkamga boshini qo'yib oldi, qo'llari esa qo'limni silar, yuzida ajib bir tabassum paydo bo'lgandi.

- Farzandlarimiz ham bo'ladi a bizni?
- Albatta, biz ularni yaxshi ko'ramiz, qo'limizdan tushurmay katta qilamiz, ikki qo'lidan tutib maktabga olib boramiz
- Bilaman, siz dunyodagi eng yaxshi dada bo'lasiz!
- Axir joningdan paydo bo'ladi farzand, undan mehrni qizg'onib bo'larmikan. (Shu payt yana o'tmishim esmga tushdi) Men ularni ishla deb majburlamayman, ichkilik uchun pul topib kel deb pastkashlik qilmayman, ularni xech qachon ko'nglini o'ksitmayman
- Nega yig'layapsiz Halim aka?
- Yig'laganim yo'q (kulishga harakat qilaman), ko'zimga nimadir kirdi
- Qani menga qarang ko'rib qo'yaman, axir yonizda bo'lajak shifokor o'tiribdi
- Bo'ldi, o'tib ketdi hojati yo'q
- Siz meni sevasmi o'zi?
- Albatta!
- Unda menga bitta she'r aytib bering
- Men aytishni bilmaymanda
- Jooonim iltimoooos
- Rostanam bilmayman
- Men esa bilaman
- Qani aytchi

Shu zaylda juda uzoq gaplashib o'tirdik. Soatga qarasam 12ga yaqinlashibdi, shuning uchun mashinani ortga, Sarvinozni uyi yoniga haydab keldim.
- Endi xayirlashamizmi?
- Xa kech bo'lib qoldi asalim, hali zamon tong otadi
- Negadir sizdan ajragim kelmayapdi, keling birga qolaylik bugun
- Uyingdagilar havotir olishadi
- Yuragim g'ashda, iltimooos
- Vahima qilavermasangchi, qani tushaqol

Uni uyi eshigi yonigacha kuzatib qo'yib, u bilan xayirlashdim
- Yaxshi dam ol asalim
- Xo'p, o'zizni ehtiyot qiling iltimos
- Mayli, havotir olma

* * Yurakcha.Ru * *

Yana mashinaga o'tirdim. Havo ancha sovuq, fara yorug'ida qor uchqunlari ko'rina boshlagandi. Xa qishni bir kuni ham qish ekanda, o'yladim o'zimcha. Uyga yetib borgunimcha qor shunchalik kuchaydiki, mashinani garajga tashlab chiqyotganimda yer yuzi yupqa oq parda bilan qoplanishga ulgurgandi. Podezdimga yaqinlashar ekanman, ichkarida qanaqadir sharpa ko'ringanday bo'ldi. Kim ekan shu mahalda, hayron bo'ldim. Yoki ko'zimga ko'rindimikan, biroz harakatsiz turib ichkarini kuzatdim. Xech narsa ko'rinavermagach ichkariga qadam qo'ydim, rostdan ham xech kim yo'q! Yuqoriga ko'tarila boshladim, lekin uyim eshigi yonida meni o'ldirmoqchi bo'lgan Maxsud mast ahvolda turar, yonida esa bir qiz bor edi. Maxsud meni ko'rib oldimga yaqinlashdi
- Uka, qayoqlarda yuribsan, 1 soatdan beri seni chaqiraman
- Mendan nimani hoxlaysan?
- Yolg'iz yashaysanku, shu uyingni bir xonasini 2 soatga berib tur
- Meni uyim senga foxishaxona emas, bor o'zingga boshqa joy top
- Yaxshi ish qilmayapsan lekin
- Nima qilishni o'zim bilaman, qoch yo'limdan, men uyga kirishim kerak
- Ey o'zingdan ketma, o'pkangni bos

Shu payt u qo'lidagi pichoq bilan menga o'qtala boshladi. Men uni bir ikkita harakatlariga chap berdimda, keyin qorniga bor kuchim bilan tepdim. Keyin uning bukchayib qolganidan foydalanib pichog'ini tortib oldimda, yana 3-4ta tepkini duch kelgan yeriga yo'lladim. Shu payt anavi qiz menga suykala boshladi

- Vsyo, puskay yevo miliy, yuring dam olamiz
- Qo'lingni ol mendan shilta

Bo'ynimga osila boshlagan qo'llardan jirkanib, uni shunaqa siltadimki, u ham Maxsudni yoniga borib yiqildi. Keyin xech narsa bo'lmaganday uyga kirdimda, eshikni qulflab qo'ydim.
Bu muammolardan boshimga og'riq kirgandi, shundan qutilish uchun vannaga issiq suv to'ldirib qo'yib, ichiga yaxshilab o'rnashib oldim. Sovuq havoda yurgandan keyin, issiq suv jonni huzurida o'ziyam. Xudo hoxlasa tez kunda bu uyniyam sotib, umuman boshqa shaxarga yoki viloyatga ko'chib ketaman deb hayol qildim. Xa qaniydi o'sha kunlar tezroq kelsa, bu muammolardan, bu hotiralardan uzoqroqqa, juda uzoqqa ketsam. Sarvinoz bilan bahtli yashardik, xa hali hayotim oldinda, shuncha ko'rgan azoblarimni hali muofotini ham olarman.

* * Yurakcha.Ru * *

Tong yorishdi. Qishning so'nggi kuni. Har doimgidek meni budilnik emas, Sarvinoz qo'ng'iroq qilib uyg'otadi.
- Turdizmiii, namuncha ko'tarmiysiz?
- Mana ko'tardimku
- Yaxshi dam oldizmi
- Yaxshi, o'zingchi?
- Men ham yaxshi, uyda bir o'zimman zerikib ketdim, keling bironta joyga borib, birga zavtrik qilamiz
- Mayi tayyor bo'lib tur, hozir boraman

Yuz-qo'limni yuvib, kiyinib oldimda, ko'chaga chiqdim. Vauv qor hali hamon maydalab yog'ar, qadam bosganda qor g'irchillab tovush chiqarardi. Shu payt yana telefonim jiringladi
- Chiqdizmi?
- Xa chiqdim, hozir mashinani qizdirib, keyin yoningga boraman
- Unda telefonni o'chirmang
- Xop

Garaj yoniga borarkanman, darvoza qulfi buzulganligini ko'rib havotirga tushdim. Shoshilib ichkariga kirdim va ... qornimda kuchli og'riq turdi, keyin teparog'ida, keyin biqinimda... Holsizlanib yiqilar ekanman ko'zlarimga elas-elas Maxsudning yuzi va qo'lida qip-qizil rangga bo'yalgan pichoq ko'rindi...

* * Yurakcha.Ru * *

Butun badanim zirqirab og'riyapdi, arofimdagi hira tasvirlar sekin tiniqlasha boshladi, yonimda Sarvinoz yig'layapdiyu lekin ovozi eshitilmaydi, narroqda esa Temur, u ham lablarini qimirlatib nimadir deyotganga o'xshaydi, faqat ovozsiz... Tanamdagi og'riq esa borgan sari kuchayayotganday, yana ko'z oldim qorong'ulashdi, tasvirlar o'chdi... So'ngra atrofim birdan yorishib ketdi, tanam ham qandaydir yengil, og'riqlar meni bezovta qilmasdi. Yorug'lik ichra esa menga tanish chexrani ko'rib aqlim shoshib qoldi, axir... axir u ONAMKU! Onajon!
- O'g'lim, vaqt bo'ldi, yur ketamiz!

* * Yurakcha.Ru * *

Unutmoqchi bo'lsan men
Mensiz quyosh botib, tonglar otganda
Sevish joningga tegadi seni
Chiroyli ko'zlaring g'amga botganda
Lek haqiyqiy sevgi oldida
Bunday sabablar xech narsa emas
Unutish sen uchun bir umr armon
Unutilish qismatim emas

Sevgingdan tonasan qaytib va qaytib
"Yo'q" deya urasan o'zingni xar yon
Xotira azobidan bekinib, qochib
Ko'z-yoshing to'kasan bo'lib chalajon
Shu payt ko'rasan nigohlarimni
Ko'z yoshing ko'lmagida go'yo berib aks
Yana ismim aytib dodlar yuraging
Chunki unutilish qismatim emas

Yuraging aytadi "sevishdan to'ydim
Sevmagan yurakka qilaman havas"
Ko'zlaring aytadi "ne qilay axir
Undan o'zgasiga qaragim kelmas"
Titragan lablaring pichirlar asta
"Sevaman mayli u qaytmasa qaytmas"
Sezasan, xa sezasan yana bir bora
Unutilish qismatim emas

Sevgi izhorlarim eslaysan yonib
Zaxar yutganday bo'lasan e voh
Qiynog'ing kuchayar yana sog'inib
Yana azob bo'lar sen uchun hamroh
"Qaniydi bir-bora ko'rsam" deb behol
Ko'zlaring qidarar meni bir nafas
Lek topa olmaysan, bilasan faqat
Afsus, unutilish qismatim emas

O'zingga bo'ysinmas oyoqlaring ham
Boshlab kelar seni mazilim tomon
Vo ajab, yuraging sezib tezlashar
Jonsiz yuragimni tuproq ostidan
So'zlaysan, kulasan, yig'laysan menga
So'ngra qaytasan ortingga besas
Faqatgina yozilgan qabrim ustida
Sizni unutishim qismatim emas!



Xikoya bo'lgan voqealar asosida yozildi. Hato va kamchiliklar uchun ma'zur tutasiz. Muallif: Temur Xalikov, yurakcha.ru sayti uchun maxsus.
Yuklash txt | fb2
#
» Hozir saytdagilar 3
» Foydalanuvchilar 0
» Mehmonlar 3
Bosh sahifaga